Samarqand davlat chet tillar instituti, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi, AQShning O’zbekistondagi elchixonasi, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali, shuningdek, UzTESPING loyihasi hamkorligida joriy yilning 16-mart kuni Ingliz tili-II fakulteti tashabbusi bilan “TEACHING ENGLISH FOR SPECIFIC PURPOSES IN UZBEKISTAN” mavzusiga bag’ishlangan amaliy-metodik seminar bo’lib o’tdi.

Seminar ham an’anaviy ham onlayn tarzda tashkil etilib, unda UzTESPING loyihasi tomonidan taklif etilgan xorijiy mutaxassislar, Samarqand shahridagi barcha oliy o’quv yurtlari ingliz tili o’qituvchilari, xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi mutaxassislari, Past Darg’om, Oqdaryo, Urgut, Narpay tumanlari xalq ta’limida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar hamda institut professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Mazkur seminar nofilologik yo‘nalishdagi oliy taʼlim muassasalarida ingliz tilini ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha o’qitish(ESP)ning zamonaviy metodikasini o’zlashtirish, mazkur yo’nalishda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning malakasini bosqichma-bosqich oshirib borish, mutaxassislar o‘zaro tajriba almashishlari hamda ularning respublika hamda xorijdagi OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlarini yaratish maqsadida tashkil etilgan. Seminar-trening qiziqarli, bahs va munozaralarga boy tarzda yakunlandi.

Share:
2022-03-24 12:58:24 187