Joriy yilning 11-noyabr sanasida “Registon plaza”da “Ta’lim va karyera” mavzusida Xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olayotgan iqtidorli yosh talabalar ham ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmada Xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ularning O‘zbekistondagi filiallari, xorijda ta’lim olishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar ishtirok etdilar. Bunda xorijiy davlatlardagi OTMlarga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan yoshlar, viloyatda joylashgan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar va o‘zining ilmiy izlanishlarini davom etdirmoqchi bo‘lgan yosh olimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Share:
2018-11-12 17:20:00 88