Bugungi kunda Samarqand davlat chet tillar institutida keng miqiyosida qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari olib borilmoqda. Ayni kunlarda qurilish jarayoni davom etayotgan 500 o’rinli talabalar turar joyi, 1 500 o’rinli o’quv binosi va  3 qavatli axborot rusurs markazi, shuningdek, qayta ta’mirlash ishlari ketayotgan 300 o’rinli talabalar turar joyi hamda yaqinda foydalanishga topshirilgan 1000 o’rinli o’quv binolari shular jumlasidandir.

Ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilayotgan xabar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetining talabalari tahsil olayotgan o’quv xonalari bugun, 18-mart kuni rahbariyat vakillari tomonidan o’rganildi va mavjud kamchiliklarning bartaraf etilishi borasida mas’ullarga ko’rsatmalar berildi, tez orada bartaraf etiladi.

Ta’kidlab o’tish joiz, institutdagi barcha o’quv binolari va talabalar turar joylari bosqichma-bosqich mukammal qayta ta’mirdan chiqarilib kelinish qatorida yangilarini qurish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda. Ijtimoiy tarmoqqa suratlari tarqatilgan o’quv binosida joriy yilning aprel oyida mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari boshlanadi va bu yillik rejaga kiritilgan.

Ahamiyatlisi, mana shunday istiqbolli rejalarni amalga oshirishdan asosiy maqsadimiz talaba-yoshlarimizning zamon talablariga mos jihozlangan o‘quv xonalarida ta’lim olishlariga imkon yaratish va ularning kelgusida yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishlari uchun ko’maklashishdir.

Shu o‘rinda xabarni o‘z kanalida e’lon qilgan kanal ma’muriyatiga ham yuzlanamiz. Ma’lumot tarqatganda, axborot tarqatish etikasiga e’tibor qilishni va rasmiy manbaga tayanishingizni tavsiya qilamiz. Qaysidir uddaburonning olgan suratlari tufayli jamiyatning oliy ta’lim tizimiga bo‘lgan munosabati o‘zgarishiga sababchi bo’lishingiz mumkin. Institut rahbariyati hamda Axborot xizmati hamkorlikda ishlashga doimo ochiq.

Share:
2022-03-24 13:21:53 148