Institutda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining xodimlari hamda Ingliz tili II fakulteti talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini Ingliz tili II fakulteti dekani o‘rinbosari Sh.Davronov kirish so‘zi bilan ochib berdi va kun tartibidagi masalalar bilan birgalikda ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 5-martdagi 120-sonli hamda 2021-yil 28-iyundagi 281-sonli buyruqlari asosida institut Kengashining yig‘ilish qarori bilan institutda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi o‘z faoliyatini boshlaganligi xususida to‘xtaldi.
Shundan so‘ng, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov so‘z oldi va 2017-yil 3-yanvardagi №419-sonli O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013 son Farmonilarida belgilab o‘tilgan vazifalar, shuningdek, institutda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining asosiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida talabalarga tushuncha hamda ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar instituti yuriskonsulti Sh.Toshkuvatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-sonli Farmoni to‘g‘risida, shuningdek, korrupsiya hozirgi davrda ko‘p qirrali illat hisoblanib, uni chuqur o‘rganish va oldini olish uchun kompleks va tizimiy yondashuvni davlat va jamiyat, nazariya va amaliyotning kuchlarini birlashtirishni taqozo etishini, korrupsiya kelib chiqishining ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini yo‘qotishga yo‘naltirilgan amaliy qadamlarni tashlash va bu illatning oldini olishga qaratilgan turli yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar majmuyini ishlab chiqish zarurligini kabilar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi F.Abdurahmonov ham davra suhbatida ishtirok etgan holda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida Komplayens nazorat tizimini joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2021-yil 26-avgustdagi 373-son Buyrug‘i yuzasidan hamda korrupsiya illati davlatchilik shakllarining har qanday ko‘rinishida insoniyatning ma’naviy va moddiy taraqqiyotiga juda katta to‘siq bo‘lib kelayotganligi, ushbu illat ta’lim tizimida ham tez-tez uchrayotganligini ta’kidladi. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar halol, vijdonli, korrupsion hatti-harakatlarga toqatsiz bo‘lishlari zarurligiga alohida urg‘u berdi.
Davra suhbati so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda ular orasida so‘rovnomalar o‘tkazildi.




O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
