Ta’lim sifatini yanada yaxshilash, professor-o’qituvchilar va talabalarning tajribasini oshirish, ularning xorij tajribasini egallashi uchun dunyoning eng kuchli top mingtalikka kiruvchi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga stajirovkalarini tashkil etish, xalqaro hamkorlik aloqalarini bundanda kengaytirish, ta’lim muassasasining xalqaro maydondagi o’rnini yuqoriga ko’tarish borasida Samarqand davlat chet tillar instituti xorijning ko’plab tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Shu jumladan, bugun, 24-fevral kuni Britaniya Menejment Universiteti rektori doktor Konrad Ozog ishtirokidagi mehmonlar Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif avvalida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori professor Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi rahbariyat vakillari hamda mehmonlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda Samarqand davlat chet tillar insrtituti bazasida Toshkentdagi Britaniya Menejment Universitetining bakalavriat dasturlariga kompyuter menejmenti, IT texnologiyalari, iqtisod kabi yo’nalishlar uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish hamda unga o’quvchilarni jalb etish, shuningdek, o’quv dasturlari, turli xil innovatsion loyihalarni amalga oshirish kabi tashkiliy masalalar yuzasidan mulohazalar almashinildi. Shuningdek, kelgusida tomonlar o’rtasida hamkorlik munosabatlarini taraqqiy ettirish maqsadida Memorandum imzolandi.
Uchrashuvdan so’ng, doktor Konrad Ozog tomonidan Toshkentdagi Britaniya Menejment Universitetining ta’lim yo’nalishlari, o’quv jarayonlari, kelgusidagi rejalari, ta’lim dasturlari kabilarni o’zida aks ettirgan taqdimot o’tkazildi. Taqdimot doirasida ingliz tilini o’qitish metodikasi bo’yicha ma’ruza qilindi.










O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
