Xabaringiz bo‘lganidek, bugun, 26-mart kuni respublika miqiyosida 30-bor o‘tkazilgan “Yapon tili notiqlik san’ati” tanloviga Samarqand davlat chet tillar instituti mezbonlik qildi. Mazkur tanlovda respublikadagi 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 24 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishib, yapon tili va madaniyati borasida egallagan bilim hamda ko'nikmalarini o'z chiqishlari orqali namoyon etishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 ta o‘rin bo‘lib, 6-o‘rinni O‘zbekiston-Yaponiya markazidan Javohir Yo‘ldoshev, 5-o‘rinni Toshkent davlat yuridik universitetidan Dilmurod Xotamov, 4-o‘rinni Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetidan Bekzod Xodjayev, 3-o‘rinni Samarqand davlat chet tillar institutidan Feruz Asliyev, 2-o‘rinni O‘zbekiston-Yaponiya markazidan Hasan Ma’murjonov, 1-o‘rinni Samarqand davlat chet tillar institutidan Javohir Shahobovlar egallashdi.

G‘oliblar  2022-yil 21-may kuni Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan 25-Markaziy Osiyo miqiyosida o‘tkaziladigan “Yapon tili notiqlik san’ati” tanlovida ishtirok etib, yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Ishtirokchilarning barchasi Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyama hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinovlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Share:
2022-03-28 15:30:38 137