O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-mayda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5117-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, shuningdek, qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan til bilish darajasini belgilovchi xalqaro sertifikatlarga o‘qituvchilarni tayyorlash hamda ushbu testlarni tashkil etish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Misol tariqasida aytadigan bo’lsak, bugun, 28-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti va “TESOL&TEFL Academy in Uzbekistan” tashlikoti o’rtasida til bilish darajasini belgilovchi xalqaro sertifikatlarga o‘qituvchilarni tayyorlash, jumladan, testlarni tashkil etish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida shartnoma imzolandi. Shartnoma doirasida o‘qituvchilar va talabalar TESOL yoki TEFL sertifikatlariga tayyorlov kurslarida o‘qishlari va test topshirishlari mumkin bo‘ladi.





O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
