Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Germaniya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabatda bugun, 29-mart kuni Germaniyaning "Simson Private Academy" agentligi rahbariyati vakillari, Germaniyaning Tyuringiya viloyati malakali ishchilarni yollash agentligi vakillari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvda bitiruvchilarni kasbiy qayta tayyorlash markazini tashkil etishga kelishildi va bu borada hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Hamkorlik maqsadiga ko‘ra nemis tili bo‘icha B1 darajaga ega bo‘lgan bitiruvchilar Germaniya firmalarida turli sohalar bo‘yicha dastlab 6 oy davomida stajirovka qilishadi. Dual ta‘lim sifatida bitiruvchilar bir vaqtning o‘zida kasb o‘rganishadi va nemis tilini mukammal egallaydi. Bu esa bitiruvchilarning kelajakda xalqaro standartlar bo‘yicha kasb egallashlariga imkoniyat yaratadi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
