Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabat bilan, 2022-yilning 30-mart kuni onlayn tarzda o’tkazilgan uchrashuvda Janubiy Koreyaning Toshkentdagi elchixonasi qoshidagi “Koreya ta’lim markazi” (Korean Education Center), Samarqand davlat chet tillar instituti hamda boshqa oliy ta’lim tashkilotlari rahbariyati vakillari ishtirok etishdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida koreys tilining o‘qitilishini rivojlantirish bo‘yicha rejalar, jumladan, 2022-yilda o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida turli xil loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi. Jumladan, koreys tilini o‘rganayotgan talabalar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish tartiblari, tanlov g‘oliblarini taqdirlash kabi masalalar yuzasidan fik va takliflar almashinildi.





O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
