SamDChTI va Ispaniyaning Kadis universiteti o‘rtasidagi Erasmus+ KA107 SMS IN dasturida ishtirok etish uchun tanlovga hujjatlar qabul qilish boshlandi!

Ajratilgan o’rinlar soni: 1 ta

Kimlar uchun:

  • SamDCHTIning barcha bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari (!!! bitiruvchi kurslardan tashqari),
  • PhD dasturlarida  tahsil olayotgan va mustaqil ilmiy izlanuvchilar,
  • Yosh o’qituvchilar (35-yoshgacha),

 

Til bilimi bo’yicha qo’yilgan talablar:

Bakalavriat yoki Magistratura dasturlarida ta’lim olmoqchi bo’lganlar uchun ispan tili bo’yicha kamida B2 darajadagi xalqaro sertifikatiga ega bo’lish talab etiladi.

Doktoranturada ilmiy tadqiqot oʻtkazmoqchi boʻlgan nomzodlarga istisno tariqasida ingliz yoki fransuz tili sertifikati taqdim etilishi mumkin, ammo koʻrsatilgan nomzodni qabul qilish Kadis universitetida talabaning ushbu tildagi tadqiqot faoliyatini nazorat qila oladigan ilmiy rahbarning mavjudligiga bogʻliq boʻladi.

 

Batafsil ma’lumot: https://internacional.uca.es/22-23-erasmus-ka107-sms-in/

Talab etiladigan hujjatlar :

  1. Motivatsiya xati (barcha dasturlar uchun; o‘zbek yoki ingliz tilida yozilishi kerak).
  2. Tavsiyanoma (barcha dasturlar uchun; o‘zbek yoki ingliz tilida yozilishi kerak).
  3. Reyting daftarchasi (nusxa olinadi va asli qaytariladi; PhD dasturlarida ta’lim olmoqchi bo’lganlar uchun talab etilmaydi).

Hujjatlar to‘plami SamDChTI xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim etilishi lozim. Tel.: +99866238 29 52

Hujjatlarni topshirish muddati – 2022-yil 1-apreldan 10- aprelga qadar.

Share:
2022-04-01 13:23:19 2732