Samarqand davlat chet tillar instituti Fransiyaning Versal Akademiyasi huzuridagi o‘qituvchilarni tayyorlash milliy instituti bilan Yevropa Ittifoqining Erasmus+KA107 dasturlari doirasida 2020-2022-o‘quv yillarga mo‘ljallangan “Xalqaro kredit mobilligi” loyihasini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
Erasmus+ dasturining “Xalqaro Kredit Mobilligi” loyihasi doirasida Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o‘qituvchilari, magistrant va talabalari xorijda bir semestr davomida stajirovka o’tashlari rejalashtirilgan.
Jumladan, 2022-yilning 4-12 aprel kunlari Versal Akademiyasi huzuridagi o‘qituvchilarni tayyorlash milliy institutiga Samarqand davlat chet tillar instituti fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri U.Boboyev va ushbu kafedraning katta o‘qituvchisi N.Tursunovalar qisqa muddatli seminar-treninglarda ishtirok etish uchun yuborildi.
Ta’kidlash joizki, xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlardan asosiy ko’zlangan maqsad SamDCHTI professor-o’qituvchilari hamda talabalarining bilim va malakalarini yanada oshirish, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va jahon tajribalarini o’rgangan holda samarali yo’lga qo’yishdir.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
