Nomdor stipendiya sovrindorlari bilan talabalar o’rtasida seminarlar muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Shu maqsadda, ularning erishgan yutuqlari ilmiy va jamoatchilik faoliyati bilan talabalarni yaqindan tanishtirish uchun Samarqand davlat chet tillar institutining Narpay Xorijiy tillar fakulteti talabalari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti Sh.Aslonov, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi F.Xudoyorova, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Z.Maxmudovalar hamda 70 dan ziyod talaba-yoshlar va fakultet jamoasi ishtirok etishdi.

Endilikda nomdor stipendiya sohiblari institut fakultetlariga biriktrilib, ular bilan tengdosh-tengdoshga metodi asosida ishlash chora-tadbirlari tuzildi. Jumladan, Narpay Xorijiy tillar fakultetiga O’zbekistn Respublikasi Prezidenti stipendianti Sh.Aslonov talabalar bilan bevosita ishlash, ularning ilmiy va innovatsion loyihalari bo’yicha mas’ul etib tayinlandi. Trening so’nggida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berilib, takliflar qabul qilindi hamda seminar davomida faol ishtirok etgan talabalar institut rektor sertifikati bilan taqdirlanishdi.

Share:
2022-04-05 13:34:32 152