Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Yoshlarni diniy aqidaparastlik oqimidan saqlash va missionerlik bilan kurashish” hamda “Milliy libos – ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda institut rahbariyati vakillari, Ingliz tili I va Ingliz tili II fakultetlari mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olgan institut prorektori I.To’xtasinov va Samarqand viloyat DIQ rahbari S.Boymurodovlar bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida jaholatga qarshi – jaholat bilan kurashish oqibatida nizoli vaziyatlar avj olib borayotganligi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish faqatgina huquq-tartibot organlarining emas, balki keng jamoatchilikning vazifasi ekanligi, bu kabi noxush vaziyatlarga loqayd munosabatda bo‘lmaslik har birimizning oldimizda turgan muhim vazifalardan ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish asosiy burchlarimizdan biri ekanligi, xususan, yoshlar o‘rtasida bugungi kunda Samarqand shahri hududida uchrab turgan jinoyatchilik holatlari, ularning salbiy oqibatlari va oldini olish borasida ham fikr bildirildi.  Muntazam ravishda tashkil qilinayotgan bunday tadbirlar qatnashchilar ongi hamda siyosiy-huquqiy tafakkuri rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.

Share:
2022-04-05 13:40:30 152