2022-2023 oʻquv yilidan boshlab «Zakovat» intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoa aʼzolari uchun yil davomida har oy «Zakovat stipendiyasi» beriladi.

«Zakovat stipendiyasi» intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida quyidagicha taqsimlanadi:

1-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 soʻm);

2-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 soʻm);

3-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 soʻm) belgilanadi va yil davomida har oy toʻlab beriladi.

Share:
2022-04-12 13:47:01 169