Muhtaram yurtboshimizning "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutining maktablar bo'yicha ma'sul xodimi Q.Hakimov hamda Samarqand tuman Xalq ta’lim bo’limining xorijiy tillar metodisti Z.Rahmonovalar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar belgilab olindi, shuningdek, hamkorlikda qilinadigan tizimli ishlar doirasiga Ingliz tili-I fakultetining eng tajribali professor-o'qituvchilari biriktirildi. 

Share:
2022-04-13 17:05:05 164