Xabaringiz bor, 2022-yilda Samarqand viloyatida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti bo’lib o’tadi va hozirda Samarqanddagi barcha mutasaddilar tomonidan xalqaro sammitni yuqori saviyada tashkil qilish va o’tkazish borasida barcha sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “2022-yilda Samarqand shahrida o’tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 5636-F-sonli Farmoyishiga asosan Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti va Ipak yo’li xalqaro turizm universiteti hamkorligida tajribali professor-o’qituvchilar hamda xorijiy tillarni mukammal o’zlashtirgan talabalarining bilim va ko’nikmalarini yanada oshirish borasida qator vazifalar belgilab berilgan.

Shu munosabat bilan Samarqand shahrida bo’lib o’tishi kutilayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti delegatsiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun Ipak yo’li xalqaro turizm universitetida maxsus o'quv kurslari tashkil etildi. Joriy yilning fevral oyida boshlangan maxsus o'quv kurslariga ingliz, xitoy va rus tillarini o'qitish bo'yicha Samarqand davlat chet tillar institutidan 7 nafar o'qituvchi jalb etildi.

Bugun, 16-aprel kuni maxsus kurslarni tugatgan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi. Shuningdek, maxsus kurs o'qituvchilari Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining tashakkurnomasi bilan ham taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-16 16:08:37 249