Mamlakatimizda ta’limning barcha bosqichlarini, xususan, xalq ta’limini tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovasion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi.
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish, xalq ta’limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo‘yicha yurtboshimiz tomonidan qator islohotlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda qator amaliy ishlarni qilib kelmoqda. Jumladan, institut va Samarqand tumanidagi 2-IDUM bilan hamkorlikda ilmiy-metodik seminar tashkil etildi. Seminarni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va yurtizmizda xalq ta’lim tizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to’xtalib o’tdi.
Jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakulteti dekani Anvar Ismoilov hamda ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasining professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari o’tildi. Shuningdek, kelgusida tashkil etiladigan institut "Kichik mobil guruhlari"ning aniq vazifalari belgilab olindi.




SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
