O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ham ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda.

Shu jumladan, joriy yilning 25-aprel kuni Hindistonning Dehli universiteti professori Ravinder Gargash Samarqand davlat chet tillar institutiga mehmon sifatida taklif etildi va institut rektori, professor Ilhomjon To'xtasinov qabulida bo’ldi. Tashkil etilgan uchrashuv doirasida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan fikr hamda takliflar almashinildi.

Shuningdek, professor Ravinder Gargash Samarqand davlat chet tillar instituti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi bilan ilmiy hamkorlik ishlarini amalga oshirish, hamda “Lingvistika: ingliz tili” mutaxassisligi magistrantlariga ochiq ma’ruza darslarini tashkil etishiga kelishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-25 20:25:19 204