So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, umumta’lim maktablari faoliyatini rivojlantirish borasida yurtboshimiz tomonidan salmoqli ishlar qilinib kelinmoqda. Jumladan, “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6108-sonli Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari qabul qilindi va unga ko’ra maktablarda ta’lim sifatini oshirish borasida qator vazifalar belgilab berildi.
Yuqoridagi vazifalar ijrosi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida institut mutasaddilari, bugun, 26-mart kuni Narpay tumanidagi 7- va 17-maktablarga borishdi. Jarayon davomida muassasalarda o’quv jarayonlarida o’quvchilarning ishtiroki, darsxonalar, kutubxonada o’quv adabiyotlari va darsliklar ko’zdan kechirildi. Shuningdek, rektor Ilhomjon To’xtasinov tomonidan umumta’lim maktablarida “Professor soati” mavzusida dars jarayoni tashkil etildi.
Jarayon so’ngida umumta’lim maktablari mas’ullari bilan kechgan suhbatda kelgusida hamkorlik aloqalarini davom ettirish, o’quvchilarni kasbga hamda oliy ta’lim muassasalariga tobora keng jalb etish va bu borada ularning qiziqishini oshirish, jumladan, maktablarda xorijiy tillarni o’qitish va ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha institutning metodik qo’llab-quvvatlashi kabi masalalar yuzasidan hamkorlik Shartnomasini imzolashga kelishildi.







SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
