Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19-mart kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish borasida qator vazifalar belgilab berildi.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Ingliz tili I fakulteti talabalari o’rtasida sportning “Futbol” turi bo’yicha “Dekani kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa natijalariga ko’ra, “Wolves” jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi, musobaqaning final bosqichida “Bojalar” va “Havaskorlar” jamoalari maydonga tushishdi va yakunda “Havaskorlar” jamoasi 3:2 hisobida “Bojalar” jamoasini mag’lub etib, musobaqa g’olibiga aylandi. “Bojalar” jamoasi faxrli 2-o’rin bilan cheklanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2022-04-28 19:53:16 1661