Samarqand davlat chet tillar instituti mutasaddilari muntazam ravishda Samarqand viloyati Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan aholi murojaatlarini o’rganib, ularga yechim topish hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy tomonga hal etish kabi ishlar bilan shug’ullanib kelishadi.

Bugun, 28-aprel kuni fuqarolar murojaatlarini o’rganish jarayonining navbatdagisida prorektor O.G’aybullayev, bo’lim boshliqlari L.Matyoqubova va J.Nasrullayevlar, shuningdek, yuriskonsult Sh.Toshquvvatovlar ishtirok etishdi.

Alohida ta’kidlash joiz, jarayon davomida "Jeneva diplomatik doirasi" prezidenti Robert Blyum va shveytsariyalik fotograf Pyer-Mishel Virolar birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Prorektor O.G’aybullayev "Jeneva diplomatik doirasi" prezidenti Robert Blyum bilan uchrashuv chog’ida institut rektori Ilhomjon To’xtasinov tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” hamda Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romonlarini tuhfa qildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-28 21:28:55 231