Bugungi kunda yurtimiz yoshlarining ma’naviyatini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, turli xil yot g’oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda talaba-yoshlar uchun ish o’rinlari yaratish va ularni ish bilan ta’minlash borasida hukumatimiz rahbari tomonidan qator salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Yuqoridagi ishlar samarasi o’laroq Samarqand davlat chet tillar institutida bir qancha ishlar yo'lga qo'yilgan. Jumladan, besh muhim tashabbus doirasida talaba-yoshlarga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugungi kunda Samarqand davlat chet tillar instituti Narpay Xorijiy tillar fakultetida 100 ga yaqin talabalar tahsil olib kelishmoqda. Fakultet talabalari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun institut rektori tashabbusi bilan talabalarga televizor, kitoblar, o’quv qurollari, musiqa asboblari, shaxmat va shashka doskalari, turli xildagi sport anjomlari, futbol, valeybol, gandbol to’plari hamda institut logotipi tushirilgan kepka hamda futbolkalar sovg’a qilindi.





SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
