Samarqand davlat chet tillar institutida “Italyan tili va madaniyati” markazining ochilganiga 23 yil bo’ldi. Har yili institutimiz jamoasi ushbu markazni tashkil etilganligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etishadi. Bu tadbirda asosan talabalarimiz o‘zlarining italyan tili bo’yicha bilim hamda ko’nikmalarini namoyish etishadi.

Shuningdek, o‘zbek va italyan xalqlarining milliy madaniyatini ko‘rsatishadi hamda mashhur san’at asarlaridan namunalar ijro etishadi. “Italyan tili va madaniyati” markazining tashkil etilganligi munosabati kuni kecha tashkil etilgan tadbirda Roman-german tillari “Filologiya va tillarni o’qitish:italyan tili” ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalari tomonidan turli xil sahna ko’rinishlar, italyancha qo’shiqlar va raqslar ijro etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti va Italiyaning Siena xorijliklar universiteti o’rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalari doirasida 9-mart kuni institutda “Filologiya va tillarni o’qitish: italyan tili" ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga dars berish maqsadida italiyalik italyan tili o'qituvchisi Sabrina Maffei xonim o’z faoliyatini boshlagan edi. Jarayon davomida Sabrina Maffei xonim o’z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunlaganligi munosabati bilan tantanali ravishda kuzatildi va institut rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-29 22:52:05 273