Bugungi kunda yurtimiz yoshlarining ma’naviyatini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, turli xil yot g’oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, talaba-yoshlar uchun ish o’rinlari yaratish va ularni ish bilan ta’minlash hamda ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida hukumatimiz rahbari tomonidan qator salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan. Jumladan, kuni kecha, 29-aprel kuni Ingliz tili-II fakultetida taniqli ingliz adibi va shoiri Vilyam Shekspirning tavallud ayyomi munosabati bilan “Shakespeare Festeval” nomli badiiy tadbir o’tkazildi.
Jarayon davomida fakultet yigit-qizlari tomonidan adib qalamiga mansub sonetlar hamda “Rameo va Julietta” asaridan parchalar sahnada ijro etildi. Shuningdek, tomoshabinlarni sahna ko’rinishlardan olgan bilim-ko’nikmalarini mustahkamlash maqsadida onlayn Kahoot o'yini orqali bilimdon va zukko 5 nafar tomoshobinlarga Shekspir qalamiga mansub kitoblardan tuhfa qilindi. Shuningdek, qatnashchilar esdalik sovg’a va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
