Barchamizga yaxshi ma’lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda til va madaniyat rivojlanishi inson omiliga, xususan, adabiyot va san’atga, madaniyatga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, har birimiz o‘z ona tilimizga e’tiborli bo‘lishimiz, uni ardoqlashimiz, kelajak avlodga nafosat va nazokatli tilimizni butun go‘zalliklari bilan yetkazishimiz lozim. Bugun O‘zbekistonda yoshlarning til o‘rganishlari va uni hayotga tatbiq etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev haqli ta’kidlaganidek: “Adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu avvalo, xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho‘lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q”ligi istiqlol davri o‘zbek romanlari rivojlanish qonuniyatlari, yetakchi xususiyatlari Sharq va Gʻarb adabiy an’analari ta’sirini ilmiy asoslashni adabiyotshunoslik ilmi oldida turgan muhim vazifalardan biri qilib qo‘ydi.
Shu munosabatda, bugun, 6-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Ingliz tili-I fakulteti tashabbusi bilan “Insoniyat ruhiy madaniyat olami: til, adabiyot, san’at” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Mazkur konferensiyani tashkil etishdan asosiy maqsad san’at va madaniyat sohasini aynan insoniyat ijodiy tafakkurida rivojlantirish, o‘zbek adabiyoti va madaniyatining mohir bilimdoni va jonkuyar targ‘ibotchisi xususiyatlarini shakllantirish kabi muhim masalalarga nazariy va amaliy jihatdan yechim topishdir.
Mazkur konferensiya aynan ushbu institutning tashabbusi bo‘lib, tadqiqotchilarni, soha mutaxassislarini mamlakatda adabiyot san’atidagi umuminsoniylik va milliylik siyosati borasidagi islohotlarni muhokama qilish, dolzarb masalalarni hal qilishning samarali usullarini ishlab chiqishga taklif etadi. Konferensiyada AQSH, Turkiya, Italiya, Hindiston, Tojikiston hamda Misr Arab Respublikasi kabi davlatlardan ham vakillar ishtirok etishdi, shuningdek, konferensiya to’plamiga 250 dan ortiq maqola va tezislar jamlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
