Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19-mart kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish borasida qator vazifalar belgilab berildi.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti jamoasi o’rtasida sportning "Shaxmat” turi bo’yicha “Dekani kubogi” musobaqasi tashkil etildi. 

Musobaqa natijalariga ko’ra, 3-o'rinni "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi o'qituvchisi Shavkat Baxranov, 2-o'rinni "Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik" fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor Zokir Valiyev, 1-o'rinni "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi o'qituvchisi Shuxrat Mullajanovlar qo'lga kiritishdi. Shuningdek, g'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-11 20:13:29 3865