Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabatda, bugun, 11-may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari hamda Janubiy Koreyaning Joongbu universiteti mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida kelgusida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlarini joriy etish, birgalikda o’quv adabiyotlari hamda darsliklar yaratish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

Jarayon so’ngida tomonlar o’rtasida “Turizm menejmenti”, “Xalqaro savdo” hamda “Koreys tili o’qitish metodikasi” kabi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlari tashkil qilish rejasini kelgusida amalga oshirishga kelishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-11 20:48:11 229