Bugun, 12-may kuni xalqaro reyting tashkilotlarining TOP-1000 ro'yxatidagi Hajetepe universiteti (Hecettepe University) va Samarqand davlat chet tillar instituti rahbarlari o'rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv doirasida ta'lim sohasi, jumladan, ingliz, nemis va turk tillari o'qituvchilari hamda talabalarining almashinuv dasturlarini amalga oshirish hamda qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish kabi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Turkiyaning Hajetepe universiteti (Hecettepe University)da bo'lib o'tgan rasmiy uchrashuv so'ngida yuqoridagi masalalarni kelgusida yo'lga qo'yish yuzasidan tomonlar o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.





SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
