Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, bugun, 13-may kuni 27-spartakiada doirasida institut professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar o’rtasida sportning “Shaxmat” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Unda institutning barcha fakultetlaridan o’qituvchilar hamda ishchi xodimlardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-13 16:52:57 2259