Muhtaram yurtboshimizning “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit-sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish lozim”, – deya ta’kidlaydi.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti talaba-yoshlarining sifatli ta’lim-tarbiya olishlari va kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishlari, zamonaviy o’quv binolarida tahsil olishlari uchun qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand shahar Gagarin 43 ko’chasida joylashgan institut hududida zamon talablariga javob beradigan 1 600 o’rinli zamonaviy o’quv binosini qurish ishlari jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda. Qurilish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida institut rektori jarayonda bo'ldi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-16 16:28:15 162