Avval xabar qilganimizdek, 2022-yilning 10/18-may kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida Amerika qo’shma shtatlarining Indiana universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek tili va madaniyati” nomli maxsus o‘quv kursi tashkil etilgan edi.
Mazkur o’quv kursi Samarqand davlat chet tillar institutida bir necha yillar oldin tashkil etilgan bo’lib, har yili xorijlik talabalar Samarqandda o‘zbek tili va madaniyati bilan yaqindan tanishadilar. Ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy meros, tarixiy yodgorliklar, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, xalqimizning urf-odatlari, an’analari ham shular jumlasidadir.
Ayni kunlarda Samarqand davlat chet tillar institutida Amerika qo’shma shtatlarining Indiana universiteti talabalari qisqa muddatli “O‘zbek tili va madaniyati” nomli maxsus o‘quv kursda tahsil olib kelishmoqda. Shuningdek, AQSHlik talabalarga Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o'qituvchilari o'zbek tili va madaniyatidan seminarlar va ma'ruzalar o'tib kelishmoqda.
Bugun, 17-may kuni ushbu talabalarga rahbar sifatida tashrif buyurgan AQSHning Indiana universiteti katta o'qituvchisi Malik Hodjayev Samarqand davlat chet tillar institutining barcha qiziquvchi o'qituvchilari va talabalari uchun AQSHda ta'lim tizimi, AQSH universitetlarida o'zbek tilining o'qitilishi to'g'risida ma'ruza hamda taqdimot qildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
