Samarqand davlat chet tillar institutida “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida respublika esselar tanlovi tashkil etildi. Unda barcha fakultetning eng iqtidorli va iste’dodli talabalari ishtirok etishdi. Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.To’xtasinov so‘zga chiqib, yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, yoshlarning o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun yurtimizda shart-sharoitlar yaratilayotganligi, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi to’g’risida to’xtalib o’tdi.
Tanlov ishtirokchilari belgilangan vaqt mobaynida esse bo’yicha ijodiy namunalarini yozishdi va yozgan ishlari hakamlar tomonidan tekshirilib adolatli tarzda baholandi. Natijalarga ko’ra, institutning Roman-german tillari fakulteti talabasi N.Alimova faxrli 1-o’rinni, Sharq tillari fakulteti talabasi Pak Tatyana faxrli 2-o’rinni, Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti talabasi I.Mahammatqulova faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi. G’oliblar hamda faol ishtirok etganlar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
