So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida turli islohotlar qilinmoqda.
Shuningdek, muhtaram yurtboshimizning "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, bugun, 18-may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori va Andijon viloyatining Shahrixon tumani 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida Shahrixon tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilariga xorijiy tillarni o’qitish hamda Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan umumta’lim maktabida ta’lim sifatini yanada yaxshilash va xorijiy tillarni o’rgatish yuzasidan metodik qo’llab-quvvatlash borasida hamkorlik Shartnomasi imzolandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
