2022-yilning 10/18-may kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida Amerika qo’shma shtatlarining Indiana universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek tili va madaniyati” nomli maxsus o‘quv kursi tashkil etilganligi to’g’risida avval ham xabar qilgan edik. Bugun mazkur o’quv kursi yakuniga yetdi.

Shu munosabatda AQShning Indiana universiteti dotsenti Marianne Kamp va dotsent Malik Hodjaevlar  bilan SamDCHTI rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda o'zbek tili va madaniyatini AQShda, jumladan, Indiana universitetida o'qitishni rivojlantirish borasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishildi. Shu kungacha ishlatilib kelinayotgan darsliklarni hamkorlikda yangilash va qayta nashrga tayyorlashga, shuningdek, keyingi yilda Indiana universiteti talabalari uchun SamDChTIda bir oylik maxsus o'zbek tili va madaniyati kursini tashkil etishga kelishildi.

AQShlik talabalar uchun tashkil etilgan maxsus o'zbek tili va madaniyati kursida tahsil olgan Indiana Universitetining 6 nafar talabalariga SamDChTI o'qituvchilari F.Bakiyev va N.Qobilovalar o'zbek tilini o'rgatish boyicha seminar va amaliy darslarini, katta o'qituvchi D.Dehkanova esa o'zbek madaniyati va tarixi bo'yicha ma'ruza darslarini olib borishdi. Kurs yakunida AQShlik talabalarga maxsus sertifikatlar va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2022-05-18 23:17:13 244