Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari joriy yilning 4-mart kuni oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning bandligini ta’minlash bo’yicha videoselektor o’tkazdi va unda talabalarning bandligi, ish bilan ta’minlanishi, shuningdek, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish bo’yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator ishlar amalga oshirilib kelimoqda. Jumladan, institutda tahsil olayotgan talabalarning 843 nafari ishga muhtoj ekanligi aniqlanib, o‘zlari qiziqadigan, shuningdek, institutning hamkorliklari doirasidagi sohalar, ya’ni ta’lim, xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish, umumta’lim maktablari, turizm kabi sohalarga jami 843 nafar talaba ishga joylashtirildi.
Shuningdek, bugungi navbatdan tashqari o’tkazilgan rahbariyat vakillari ishtirokidagi yig’ilishda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik, ichki tartib-qoidalarni takomillashtirish, talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xorijiy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda hamkorlar bilan amalga oshirilishi kerak bo’lgan istiqbolli rejalarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilash kabilar muhokama qilindi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
