Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19-mart kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish borasida qator vazifalar belgilab berildi.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Sharq tillari fakulteti talaba-yoshlari o’rtasida sportning "Futbol” turi bo’yicha “Dekani kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada jami bo’lib 6 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko’ra 1-o’rinni va Kubokni “Filologiya va tillarni o’qitish: xitoy tili” ta’lim yo’nalishi, 2-o’rinni “Filologiya va tillarni o’qitish: yapon tili” ta’lim yo’nalishi, 3-o’rinni “Filologiya va tillarni o’qitish: Koreys tili” ta’lim yo’nalishi qo’lga kiritdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-19 23:07:03 2170