So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida turli islohotlar qilinmoqda.

Shuningdek, muhtaram yurtboshimizning "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari hamda institutda biriktirilgan umumta’lim maktablari direktorlari o’rtasida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. Maktablar bilan hamkorlik aloqalari doirasida kelgusida qilinadigan ishlar, maktab o’quvchilariga xorijiy tillarni o’qitish hamda Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini yanada yaxshilash va xorijiy tillarni o’rgatish yuzasidan metodik qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-21 14:53:22 239