Muhtaram yurtboshimizning "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutiga biriktirilgan Bulung’ur, Oqdaryo, Jomboy, Samarqand tumanidagi maktablarda xorijiy tillarni o’qitish, o’quvchilarda xorijiy tilni o’rganishga bo’lgan qiziqishni oshirish, umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini yanada yaxshilash borasida institut mas’ullari tomonidan tizimli ishlar qilinmoqda.

Maktablarda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy til o’qituvchilariga har tomonlama ko’mak berish, o’qitish borasida yangidan yangi metodlar bilan ishlash, shuningdek, xorijiy tillarni onlayn tarzda o’rgatish kabilar yuzasidan ham istiqbolli rejalar belgilab olindi va bu borada “Mobil Metodik Ligua-Audit” guruhi o’z ishini boshlab yuborgan. Mazkur guruhning asosiy maqsadi maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy til o’qituvchilarini C1 darajadagi milliy hamda xalqaro sertifikatlarga tayyorlash.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2022-05-21 17:28:38 209