Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5117-sonli qarorida xorijiy tillarni o’qitish va ta’lim muassasalarida xorijiy til o’qituvchilarining tajribasini oshirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.
Shu bilan bir qatorda bugungi kunda Samarqand davlat chet tillar instituti mintaqada yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Institut hozirda 100 ga yaqin xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini davom ettirmoqda.
Shuningdek, bugun, 21-may kuni institut rahbariyati vakillari ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilishda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik, ichki tartib-qoidalarni takomillashtirish, talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xorijiy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda hamkorlar bilan amalga oshirilishi kerak bo’lgan istiqbolli rejalarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilash kabilar muhokama qilindi.
Institut huzuridagi Narpay xizmat ko’rsatish texnikumining foaliyatini takomillashtirish, texnikum bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va o’qishga qabul qilish, shuningdek, unda yangi ta’lim yo’nalishlarini ochish kabilar hamda institutning maqsadli ko’rsatkichlarida belgilangan vazifalarni muntazam amalga oshirish kabilar ham kun tartibidan o’rin oldi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
