Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, xorijiy tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko’nikmasi proffessional ta’limning ajralmas qismlaridan biri bo’lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan aloqa qilish ko’rsatkichi yuqori bo’lganligi sababli, ularda til o’rganishga bo’lgan talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda xorijiy tillarini o’rganish va o’rgatish kasbiy ta’limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 2 - martdagi 78 –F – son farmoyishi bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi 2022-yilda xalqaro va respublika miqiyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy – texnik anjumanlar rejasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-yil 25-may kuni “Xorijiy tillarni o’qitish metodikasi – innovatsiyalar, an’analar, muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy–amaliy konferensiya o’tkazildi. Xorijiy tillarni o’qitishni yanada yuqori bosqichga olib chiqish hamda ushbu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishish, ularni amaliyotga tadbiq qilish, yoshlar ongida chet tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishni uyg’otish, chet tillarni keng targ’ib qilish va ularni o’rgatishda zamonaviy pedagogik va informatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, xalqaro, madaniyatlararo va tillararo muloqotni yuksak darajaga ko’tarish kabi masalalar muhokamasi anjumanning maqsad va vazifasini tashkil qiladi.
Konferensiyada ushbu maqsad va vazifalar quyidagi sho’balarda muhokama qilinishi rejalashtirilgan:
- Xorijiy tillarni o’qitish nazariyasi va metodikasi
- Xorijiy til o’qituvchisining kasbiy kompetenisyalari hamda xorijiy tillarni o’qitishda baholash
- Xorijiy tillarni o’qitishda IT texnologiyalar, masofaviy ta’lim, elektron raqamli ta’lim
- Maktabagcha va boshlang’ich ta’limda xorijiy tillarni o’qitish: metodika, zamonaviy yondashuvlar
- Madaniyatlararo muloqot yutuqlari va istiqbollari
Mazkur sho’balarda xorijiy tillarni o’qitishda pedagog mahorati va bu jarayonda yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalari, shuningdek, madaniyatlararo muloqot va uning samaralari haqida keng tarzda ma’lumotlar beriladi. Ma’lumki, xorijiy tillarni o’qitish jarayonida innovatsion usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi.
Darhaqiqat, xorijiy tilni o’rgatish ko’proq madaniyatli shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, u o’z-o’zini tahlil qilish va yangi bilimlarni tizimlashtirish ko’nikmalariga ega. Innovatsion usullar butun tizimni modernizatsiya qilishning ajralmas qismidir. Shunga amin bo’lgan holda o’qituvchilar eng ilg’or yondoshuvlar bilan tanishishlari va keyinchalik ularni birlashtirishi va o’z ishlarida foydalangan holda ta’lim tizimida sezilarli o’sishga erishish mumkin.
Ko’plab tashkilotlar axborotni jo’natish va olish uchun multimedia imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi darajaga o’tmoqda. Kompyuterlar va boshqa qurilmalardan foydalanish butun ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini belgilaydi.
Aynan mana shunday natijalarga erishishning istiqbollari mazkur konferensiyaning asosiy negizini tashkil etadi. Ta’lim tizimi o’z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxslarni tarbiyalashni vazifa qilib qo’yar ekan, kelgusida ushbu konferensiya materiallarida berilgan tavsiyalar pedagoglarimizning innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini, ularning bu boradagi tajribalarini oshirishga xizmat qiladi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
