Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ( ingliz tili) ta’lim yo'nalishida tahsil oluvchi 2-bosqich talabalari 4 xaftalik malakaviy amaliyotni 2022-yil 23-maydan 19-iyungacha viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasiga qarashli tarixiy-madaniy yodgorliklarda o‘taydi.
Shu munosabat bilan kuni kecha, 24-may kuni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida institut Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi xodimlari, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi jamoasi hamda amaliyot o'tovchi talabalar ishtirokida malakaviy amaliyotni o'tkazish bo'yicha konferensiya bo'lib o'tdi.
Konferensiyada talabalar amaliyot jarayonida amaliyot ob'ektlari, ichki tartib-qoidalariga, texnika xavfsizligiga qat'iy rioya qilish kerakligi, madaniy yodgorliklar tarixini chuqur o'rganish zarurligi, amaliyotni mazmunli o'tkazish kabi masalalar to'g'risida so'z bordi.




SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
