O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ham ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etilib kelinadi.
Jumladan, 2021-yilning 17-mart kuni AQShlik ingliz tili mutaxassisi Robert Dunn Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakultetining “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasida o‘z faoliyatini boshlagan edi.
Kuni kecha, 24-may kuni Robert Dunn institutdagi faoliyatini samarali yakunladi. Institut rektori Ilhomjon To‘xtasinov AQSHlik mutaxassis Robert Dunnga o‘z minnatdorchiligini bildirib, qimmatbaho sovg‘alarni tuhfa qildi.



.jpg)
.jpg)

.jpg)


SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
