Bugun, 26-may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;

— Institutda fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlashning ahvoli;

— 2021-2022 o‘quv yilida yangi tashkil etilgan “Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik”, “Narpay Xorijiy tillar”, “Payariq Xorijiy tillar” fakultetlarida o‘quv, ilmiy va ma’naviy soha hamda kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar;

— SamDCHTI professor-o‘qituvchilarining xorijiy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risida;

— Institutda sport-sog‘lomlashtirish ishlarining ahvoli va uni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari;

— Xorijiy tillarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishining ahvoli hamda “Moodle” tizimini joriy etishni takomillashtirish borasidagi ishlar;

— Institut kafedralarida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilayotgan ochiq darslar tahlili;

— Institutda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi kabilar muhokama qilindi.

Shuningdek, institutning ilmiy daraja va unvonga erishgan professor-o’qituvchilari diplom hamda kompyuterlar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-26 21:47:14 238