Xabaringiz bir, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-avgustda qabul qilingan “Foreign languages xorijiy tillar teleradiokanalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasida Foreign languages teleradiokanalini tashkil etildi.
Jumladan, muhtaram Yurtboshimizning joriy yil 4-mart kuni “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlariga bag'ishlangan videoselektor yigʻilishi” yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning 26-may kuni “Foreign languages” xorijiy tillar teleradiokanali hamda Samarqand davlat chet tillar instituti mas’ullari ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda institutda ta’lim olayotgan talabalarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni qo‘shimcha daromad topishlari uchun mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuv so’ngida “Foreign languages” telekanaliga xorijiy tillarni mukammal egallagan mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish borasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
