Joriy yilning 24-may kuni, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi № 419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013 Farmoni, 2020-yil 31-dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-son Vazirlar Mahkamasining Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 5 martdagi 120-sonli hamda 2021-yil 28-iyundagi 281-sonli buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov va bosh mutaxassisi F.Abdurahmonovlar tomonidan Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6013 son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 829-son Qarori to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o’tildi.
Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 5-martdagi 120-sonli hamda 2021-yil 28-iyundagi 281-sonli buyruqlari asosida institutda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining maqsad va vazifalari, institutda korrupsion holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, institut rahbariyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” – XV bobida keltirilgan korrupsiyaga oid 168-, 205-214 moddalari va ularga qo‘llanadigan sanksiyalar tanishtirilib, yana bir bor talabalar ogohlikka da’vat etildi. Yig‘ilish oxirida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda ular orasida so‘rovnomalar o‘tkazildi.




SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
