O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Prezident Farmoni, 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81 son Prezident Qarori, 2021-yil 26-avgustdagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida Komplayens nazorat tizimini joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 373-son Buyrug‘i hamda Korrupsiyaga  qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining maqsad va vazifalari, institutda korrupsion holatlarning oldini olish borasida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni fakultet tomonidan belgilangan muddatlarda ijro etilishi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar instituti 2021/2022 o‘quv yili bahorgi semestr yakuniy nazoratlari, qayta topshirish imtihonlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishlari va yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini o‘tkazish jarayonida korrupsiyaviy xatti-harakatlarning oldini olish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov va bo‘lim bosh mutaxassisi F.Abdurahmonovlar tomonidan Roman-german, Ingliz tili I, Qo‘shma ta’lim dasturlari, Ingliz tili II, Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik hamda Sharq tillari fakultetlari rahbariyati vakillari bilan profilaktik ogohlantiruv suhbat o‘tkazildi.

Jarayon davomida O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6013 son Farmoni va 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81son Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 26-avgustdagi 373-son Buyrug‘ida belgilangan vazifalar batafsil tushuntirib berildi.

Shu bilan bir qatorda, institutda faoliyat yuritayotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining maqsad va vazifalari, institutda korrupsion holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, institut rahbariyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar, kelgusi rejalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining XV bobida keltirilgan korrupsiyaga oid 168-, 205-, va 214-moddalari bo‘yicha jazo qo‘llanish tartiblari mavjudligi alohida ta’kidlandi. Fakultetlarda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan institutning ichki tartib qoidalari, lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy rioya qilinishi, o‘z ishiga halol bo‘lishi, korrupsion va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari fakultetlar rahbariyatiga alohida uqtirildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-31 15:54:29 205