Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Yig'ilishda berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar amalga oshirilib kelinadi. Jumladan, Qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti talabalari o’rtasida sportning “Shaxmat”, "Shashka", “Futbol” turlari, shuningdek, “Zakovat”, “QVZ” kabi o’yinlari bo’yicha “Dekani kubogi” musobaqasi o’tkazildi. Bugun, 1-iyun kuni musobaqa g’oliblari institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-01 20:18:38 227