Professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar o’rtasida har yili an’anaviy spartakiada sport musobaqasi o’tkazilib kelinadi. Joriy yilda XXVII spartakiada sport musobaqalariga strat berilganligi haqida xabaringiz bor.

Spartakiada doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida sportning “Voleybol” hamda “Basketbol” turlari bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi. Natijalarga ko’ra, “Voleybol” musobaqasida erkaklar o’rtasida faxrli 1-o’rinni Sharq tillari fakulteti jamoasi, 2-o’rinni Roman-german tillari fakulteti jamoasi, 3-o’rinni Rektorat jamoasi qo’lga kiritdi. Ayollar o’rtasida 1-o’rinni Roman-german tillari fakulteti jamoasi, 2-o’rinni Ingliz tili I fakulteti jamoasi, 3-o’rinni Sharq tillari fakulteti jamoasi qo’lga kiritdi.

Shuningdek, “Basketbol” musobaqasi natijalariga ko’ra, 1-o’rinni Ingliz tili I fakulteti jamoasi, 2-o’rinni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti jamoasi, 3-o’rinni Sharq tillari fakulteti jamoasi qo’lga kiritdi. Eslatib o’tamiz, joriy yilning 8-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida sportning “Gandbol” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-03 14:41:39 1679