Ilm-fan buyuk havas, ishtiyoq va shiddat bilan olg‘a yurishni talab qiladi. Har bir jamiyatning istiqboli ta’lim tizimi bosqichlarining o‘zaro uyg‘unligi va rivojlanganligi bilan belgilanadi. Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat darajalariga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Ma’lumki, yurtimizda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. Barcha jabhalarda xorijiy tillarni o‘qitishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarish jamiyatning yanada demokratiyalashuviga, fan va ta’limning rivojlanishiga olib keladigan muhim omillardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ko‘plab farmon va qarorlarning chiqishi va ularning oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilayotganligi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan joriy yilning 1 iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Chet tillarni o‘qitishda dolzarb muammolar, innovasiyalar, an’analar, yechimlar va badiiy adabiyotlar tahlili” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani ham shular jumlasidandir. Xorijiy tillarni o‘rgatishning samarali usullari, ularning turlari va tadqiq qilish metodlari, zamonaviy o‘qitish metodikasi, uning o‘rganilgan, o‘rganilayotgan va o‘rganilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlari kabi masalalar muhokamasi anjumanning maqsad va vazifasini tashkil etadi. Konferensiyadagi ushbu maqsad va vazifalar quyidagi shoʻbalarda muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda:
• Xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyalari hamda xorijiy tillarni o‘qitishda baholash;
• Xorijiy tillarni o‘qitishda IT texnologiyalar, masofaviy ta’lim, elektron raqamli ta’lim;
• Chet tillarni o‘qitishda zamonaviy lingvistika yo‘nalishlari, lingvistik tamoyillardan foydalanish;
• Badiiy matnning statistik tahlili, yechim va muammolar.
Ingliz tili-II fakultetining Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasi tomonidan o‘tkazilayotgan anjuman xorijiy til ta’limi, xorijiy tillarni o‘qitish usullari va ta’lim-tarbiya nazariyasi, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik hamda innovasion texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq dolzarb muammolar, ularning yechimlarini topish hamda bu borada erishilgan yutuqlar doirasida mutaxassislarning tajriba va fikr almashuvini ta’minlash, masofaviy ta’lim usullarini takomillashtirish, til o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish va o‘qitish sifatini yaxshilashga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Anjumanda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari tizimidagi muassasalarning yuzdan ziyod malakali chet tili fani o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Umumiy yalpi yig‘ilish, shoʻbalar yig‘ilishi va kichik guruhlarda bo‘lib o‘tadigan respublika konferensiya ishtirokchilariga sertifikatlar taqdim etiladi.









SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
