Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Turkiya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabatda, bugun, 13-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Turkiyaning Chukurova universiteti delegatsiyasi a’zolari, ya’ni Chukurova universiteti turk tilini o‘qitish markazi raisi Serhat Kochak, Chukurova universiteti pedagogika fakulteti professori Axmet Dog‘anaylar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi rahbariyat vakillari hamda turkiyalik mehmonlar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda tomonlar o’rtasida imzolangan hamkorlik Shartnomasi doirasida amaliy ishlarni olib borish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashinilidi.
Jumladan, 2022/2023 o‘quv yilidan Samarqand davlat chet tillar institutida turk tilini birinchi til sifatida o‘qitishni yo’lga qo’yish, shuningdek, bu borada o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash hamda turkiyalik professor-o‘qituvchilarni o’quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha takliflar almashinilib, kelishuvga erishildi.





SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
